Protokol № 8
06.11.2025 y. Toshkent sh.
Qatnashdilar: RPAM direktori, prof., t.f.d., Nishanov D.A., vrach patologoanatomlar: Ahmedov T.J., Allaberganov D.Sh., Eshbayev E.A., Ahmedov S.O., Tursunov X.Z., Berdikulov N.S., Allanazorov I.M., Boboyev X.N., Tajimova N.I., Omonov Sh.R., Shukurov U.E., Maxanov R.V., Abdullayeva S.B., Sultonov O.A., Allanazarova Z.X., Sheraliyev I.I., Raimqulov R.S., Konichev D.V., Ergashev D.E., Najmiddinova N.N., Zubtiyev S.U., patologik antomiya markazi ishchi va xodimalari, TVMOI proffessor, dekan Mag‘rupov B.A., JSSTning halqaro ekspertlari I.Xerd. K.Molina, E.Gonsales, va F. Chaves., Viloyat bosh patologoanatomlari, va TDTU magistorlari, klinik ordinatorlari va talabalari.

Kun tartibi
Tatdbirni Respublika patologik anatomiya markazi direktori professor Nishanov D.A., ochib berdilar. Jahon soglikni saqlash tashkilotining (JSST) 2025 yilning 3-14-noyabr kunlari JSSTning halqaro ekspertlari I.Xerd. K.Molina, E.Gonsales, va F. Chavesning rejalashtirilganligi ma’lum qilingan. Mazkur tashrif «O‘zbekiston mamlakatimizga ishchi tashrifi Respublikasida onkologik xizmatlarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, 2 bosqich» loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.
Ushbu seminardan maqsad bachadon bo‘yni saratoni skriningi va diagnostika bo‘yicha mutaxassislarning sitologik hamda gistologik na’munalarini tahlil va talqin qilish bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash hisoblanadi.

Shu munosabat bilan xorij tomoni tashrif doirasida ko‘zda tutildi, uchrashuv va tadbirlarni tashkillashtirildi hamda tegishli tashkilotlardan ishtirokchilarni jalb etildi. Bachadon bo‘yni saratoni dunyoda ayollar o‘rtasida eng ko‘p tarqalgan saraton kasalliklari ichida to‘rtinchi o‘rinda turadi. O‘zbekistonda har yili 1795 ayolga bachadon bo‘yni saratoni tashhisi qo‘yiladi. Har yili ularning 760 dan ortig‘i yoki 42 foizi hayotdan ko‘z yumadi.
Ushbu kasalliklarning oldini olishga say-harakatlar qilinishiga qaramasdan, aholining yashash sharoiti past va o‘rtacha daromadli mamlakatlarda ushbu kasallik bilan xastlalanish yuqoriligicha qolmoqda. Bachadon bo‘yni saratoni O‘zbekistonda ayollarda uchraydigan saraton kasalliklari orasida ko‘krak bezi saratonidan keyin ikkinchi o‘rinda turadigan kasallik hisoblanadi. 2023 yilda bu kasallik birlamchi 1884 ta ayolda aniqlangan va 941 ta bemor hayotdan ko‘z yumgan. Ushbu o‘limlarning aksari kech tashhis qo‘yilgani natijasida ro‘y beradi. Bachadon bo‘yni saratoniga uchraganlarning 99 foizi Inson papilloma virusi orqali ushbu xastalikni yuqtirgan Inson papillovirusi jinsiy aloqa orqali o‘tuvchi va keng tarqalgan kasallikdir.
Tadbir so‘ngida bachadon bo‘yni saratoni xastaligining oldini olishning eng keng tarqalgan yo‘llaridan biri ayollarning surtma analizi topshirishidir. Ushbu analiz hech qanday qon chiqarish yoki jarrohlik amaliyotlarini ishlatmasdan olinadi. U bachadon yo‘lidan olinadigan boshqa analizlardan farq qilmaydi. Bachadon bo‘yni saratoni xastaligining oldini olish dolzarb muammolarimizdan biri hisoblanadi. Xurmatli seminar qatnashchilari ushbu seminarlardan olgan bilimlaringiz samarali bo‘lishini tilayman. Kelgusida ish faoliyatlaringiz olgan bilim va ko‘nikmalaringiz ayollar salomatligini yaxshilashda foyda keltirishiga xissa qo‘shishingizga tilakdoshman deb samimiy tilaklar bildirib seminarga yakun yasaldi 
