Respublika patologik anatomiya markazida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
Tadbirda markazning ko‘p yillar davomida samarali mehnat qilib kelayotgan faxriy xodimlari alohida e’tirof etildi. Ularning tibbiyot sohasi rivojiga qo‘shgan munosib hissasi, fidokorona mehnati va ko‘p yillik tajribasi yuksak qadrlanib, faxriylar tantanali ravishda taqdirlandi.
Shuningdek, bir guruh xodimlarga ko‘krak nishonlari topshirilib, ularning kasbiy faoliyatidagi yutuqlari va fidokorona mehnati munosib baholandi.
Tadbir davomida yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, tibbiyot tizimida erishilayotgan yutuqlar hamda xalqimiz farovonligini ta’minlash yo‘lidagi ezgu ishlar alohida ta’kidlandi.

